Los-Anjelesda o'zlarini "Sobiq Prezidentlar" deb ataydigan bank talonchilari to'dasi Reygan, Karter, Nikson va Jonson niqoblarini kiyib jinoyat sodir etadi. FQB bu to'da a'zolari serferlar bo'lishi mumkin deb hisoblab, yosh agent Jonni Yutani serferlar orasida yashirin ma'lumot to'plash uchun sohilga yuboradi.
1991 yilda AQShda ekranlarga chiqqan «To'lqinlar ustida» (Point Break) — jangari, kriminal va triller janridagi film. Film rejissyori: Kathryn Bigelow. Bosh rollarda: Keanu Reeves (Agent Johnny Utah), Patrick Swayze (Bodhi / Mask President) va Lori Petty (Tyler Endicott). IMDb reytingi — 7.3/10 (230 ming ovoz). Byudjeti — taxminan 24 mln AQSh dollari, jahon prokatidagi tushumi — 84 mln dollar.